Do'konga yoki savdo uchun dasturiy ta'minot (programma) nima uchun kerak ?
POS Sistema Nima?
POS (Point of Sale) tizimi – bu xarid amalga oshiriladigan joyda savdo operatsiyalarini boshqaruvchi apparat va dasturiy ta’minotdan iborat tizimdir. U quyidagi vazifalarni bajaradi:
-
Mahsulotlarni skanerlash
-
Narxni ko‘rsatish
-
To‘lovni qabul qilish (naqd, karta, QR, va h.k.)
-
Chek chiqarish
-
Savdoni hisobga olish
POS Tizimining Asosiy Tarkibiy Qismlari
1. Dasturiy ta'minot (Software)
-
Savdo nazorati
-
Ombor hisoboti
-
Xodimlarni kuzatish
-
Mijozlar bazasi
-
Aksiya va chegirmalarni sozlash
2. Apparat jihozlar (Hardware)
-
Kompyuter yoki planshet
-
Skaner (shtrix-kod o‘qish uchun)
-
Kassa printeri (chek chiqarish)
-
Naqd pul uchun kasseta
-
Kartani o‘qish qurilmalari
POS Tizimining Afzalliklari
✅ Tezkor va qulay savdo jarayoni
✅ Ombor nazorati va avtomatik buyurtma
✅ Aniq hisob-kitob va moliyaviy nazorat
✅ Xodimlar ustidan monitoring
✅ Hisobotlar: kunlik, oylik, mahsulot bo‘yicha
✅ Mijozlar bilan aloqalarni boshqarish (CRM)