Oziq ovqat do'kon uchun eng yaxshi dasturlar
02.07.2025
Yesposuz

Oziq-Ovqat Do‘koni Uchun Eng Yaxshi Dasturlar
Zamonaviy savdo muhitida oziq-ovqat do‘konini muvaffaqiyatli yuritish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish juda muhim. Inventar nazorati, savdo hisoboti, mijozlar bilan ishlash va to‘lov tizimlari kabi vazifalarni avtomatlashtirish – do‘kon samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Quyida oziq-ovqat do‘konlari uchun eng yaxshi dasturlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
1. YesPOS - Savdoni boshqarish tizimi
Kim uchun: Kichik va o‘rta do‘konlar
Afzalliklari:
- Bir nechta filialni boshqarish imkoniyati
- Mobil qurilmalar uchun qulay (Windows/iOS/Android/)
- Ombor nazorati
- Xodimlarni kuzatish
- Maxsulot muddatini nazorat qilish
- Barcha turdagi xisobotlarni chop etish
- Eng yaxshi sotiladigan maxsulotlarni aniqlash
- 24 soat offlayn rejimda ishlash imkoni
- Fiskal chek berish imkoni (ortiqcha xarajat evaziga kassa texnikasini olish shart emas)
- Qarzdor mijozlarni yuritish imkoni
- Yetkazib beruvchilar bilan xisob kitobni yuritish
- Mijozlarga cashback va bonuslar taqdim etish imkoni
va boshqa katta imkoniyatlar.
Oylik tarif tolovi:
VIP tarif - 100 000 so'm/oylik
VIP tarif - 100 000 so'm/oylik
! Nega yaxshi: Soddaligi va tez ishga tushirilishi bilan ajralib turadi. Qorovulga o‘xshagan "live" monitoring imkonini beradi. Eng muhimi taqdim etadigan keng imkoniyatlar uchun juda arzon to'lov.
2. Vend (hozirgi Lightspeed Retail)
Kim uchun: O‘rta va yirik oziq-ovqat do‘konlari
Afzalliklari:
Bulutli POS tizimi
Bir nechta filialni boshqarish imkoniyati
Mahsulot turlari va aksiya boshqaruvi
! Nega yaxshi: Kengaytirilgan hisobotlar va mijozlar bazasi orqali sotuvingizni chuqur tahlil qilishingiz mumkin.
3. Poster POS
Kim uchun: Kafe, kichik do‘kon va marketlar
Afzalliklari:
Onlayn ishlaydi
Restoran va savdo kombinatsiyasi uchun mos
Oson interfeys va mobil ilovalar
! Nega yaxshi: Tez savdo nuqtalari (checkout) va oddiy tizim kerak bo‘lgan joylar uchun ideal.
4. iiko (iikoMarket)
Kim uchun: Oziq-ovqat tarmog‘i va supermarketlar
Afzalliklari:
Mahsulotlarni avtomatik buyurtma qilish
Ombor va moliyaviy boshqaruv
Xodimlar grafikasi va ish samaradorligini kuzatish
! Nega yaxshi: Ko‘p funksiyali, lekin chuqur sozlashlarni talab qiladi. Murakkab bizneslar uchun juda mos.
5. 1C: Savdo boshqaruvi (1C: Управление торговлей)
Kim uchun: O‘rta va katta korxonalar, ombor tizimlari bilan ishlovchilar
Afzalliklari:
Hisob-kitob, soliq, ombor va xodimlarni boshqarish
Lokal va server orqali ishlash
O‘zbekistonda keng tarqalgan
! Nega yaxshi: Soliq tizimiga mos integratsiya va lokal qo‘llab-quvvatlash mavjud.
Tanlovda nimalarga e’tibor berish kerak?
Do‘kon hajmi: Kichik do‘konlarga soddaroq tizimlar, katta tarmoqlar uchun ERP yechimlar kerak.
Integratsiya: Skanner, printer, onlayn to‘lov tizimlari bilan mosligi.
Narx va qo‘llab-quvvatlash: Bepul boshlang‘ich versiyalar yoki mahalliy tilda texnik yordam.
Xulosa
Tanlov o'z qo'lingizda va xulosa qilishda shoshilmang! Doim eng yaxshi va sifatlisini tanlang.
Fikr bildiring, izoh qoldiring: